Kolima

Kolima — RF Magadan viloya- ti va Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi Daryo. O’z. 2129 km. Havzasining mayd. 643 ming km2. Xalqa tizmasidan boshlanib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Yuqori qismi Kolima yassitog’ligi bo’ylab tor va chuqur vodiyda oqadi. O’rta oqimida vodiy kengayib, Daryo tarmoqlarga bo’linib ketadi. K.ning quyi qismi Kolima pasttekisligidan oqadi. Qor, yomg’ir va er osti suvlaridan to’yinadi. Daryo okt. boshlarida mo’zlab, may — iyunda muzdan bo’shaydi. O’rtacha suv sarfi Srednekolimskda (quyilish joyidan 641 km) 2250 m’/sek. Kuyilish 1 joyida yillik suv oqimi 123 km3. Yi- liga 5,5 mln. t loyqa keltiradi. K.da ba- xapcha daryosi quyilish erigacha (2000 km masofada) kema qatnaydi. K. havzasida oltin konlari bor.