Kolla
Kolla – Habashiston tog`laridagi issiq balandlik landshaft mintaqasi. 1800-2000 m gacha balandlikda joylashgan. Havoning o`rtacha oylik harorati +20 darajadan ortiq. Tabiiy o`simliklari siyrak o`rmonlar va savanna o`simliklaridan iborat. Tuproqlari laterit tipidagi sizg`ish-qo`ng`ir, qizil tuproqlardir. Kofe daraxtining vatani.