Kollaj
Kollaj (Frans. collage — elim- lash, yopishtirish) — tasviriy san’atda- gi texnik usul; biror bir asos materi-al- ga undan rang va sifati b-n farqlanuvchi materialni yopishtirib asar yaratish; shu- ningdek, shu usulda yaratilgan san’at asa- ri ham K. deb ataladi. Asosan grafika- da asarning o’ziga xos ta’sirchanligini kuchaytirishda qo’llanadi, rang-barang, turli materiallarning favquloddagi uyg’unligi ta’minlanadi. K. kubizm, Fu- turizm va dadaizm vakillari tomonidan rasman ijodiy tajriba sifatida kiri- tilgan. Keyinchalik rangtasvirda ham K. qisman qo’llanilgan hollar uchraydi. O’zbekiston rassomlari (O’zbekiston xalq rassomi T. Mirjalilov va b.) ham K. usulida asarlar yaratishgan.