Kollej
Kollej (fransuzcha college-birodar, o’quv joyi) – 1) turli mamlakatlarda o’rta ta’lim o’quv yurti o’quvchilariga Davlat ta’lim standartlari asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradigan o’quv muassasasi; 2) o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim, ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallashga yo’naltirilgan o’quv muassasasi; 3) Buyuk Britaniya, AQSh va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, o’rta, yuqori o’rta o’quv yurti; 4) Fransiya, Shveytsariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning bir qancha mamlakatlaridagi o’rta va to’liqsiz o’rta o’quv yurti; 5) O’zbekistonda o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurti.