Kolorado

Kolorado — AQShdagi Daryo, quyi qismi Meksika hududidan oqadi. O’z. 2740 km (Grin-River irmog’i b-n 3200 km), havzasining mayd. 635 ming km2. Qoyali tog’lardan boshlanib, tinch okeanning Kaliforniya qo’ltig’iga quyiladi. Yuta va Arizona Shtatlarining chala cho’l va cho’lli hududlaridan oqadi. Kolorado platosi- ni kesib o’tishda umumiy o’z. 800 km gacha bo’lgan chuqur kanonlarni hosil qiladi, jumladan, jahondagi eng yirik Kanon- lardan biri — katta Kanon xam o’sha erda. Yirik irmoqlari — Grin-River, San-Xuan, Litl-Kolorado, Xila. Daryo Koyali tog’lardagi qorlardan to’yinadi, apr.—iyul oylarida to’lib oqadi, ko’z va qishda kamsuv. O’rtacha suv sarfi 508 m3/ sek., quyi oqimida AQShning Kalifor- niya sohillaridagi shaharlarini suv b-n ta’minlash va irrigasiya maqsadlarida ishlatilishi natijasida suvi kamayib ketadi. K.da yirik suv omborlarini yuza- ga keltirgan Glen-Kanon-dam va Guver to’g’onlari, GES lar qurilgan. Quyilish joyidan 228 km masofada kema katnaydi.