Koma
Koma (Yun. kota — chuqur uyqu), komatoz holat — hayotga xavf tug’diruvchi holat; Markaziy nerv sistemasi faoliya- tining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashki ta’sirotlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim funktsiyalari boshqarilishining buzilishi b-n ifodalanadi. Odatda, K.dan oldin koma oldi holati kuzati- ladi, bunda nafas olish va tomirlar tonusi o’zgaradi, puls sekinlashadi, issiqlikni idora etish (termoregulya- tsiya) bo’ziladi. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (insult, miya o’smasi, bosh miyaga qon quyilishi, miya ko’pchishi va b. jarohatlar), ba’zi yuqumli kasalliklar (infektsi-on meningit, entsefalit), shu- ningdek, buyrak va jigar kasalliklari- da turli zaharlarnishlar (doridan, Alko- goldan) K.ga sabab bo’ladi. K.ning qanday yuzaga kelishidan qat’i nazar, uning asosida bosh miya po’stlog’i faoliyatining buzilishi (bosh miyada qon hamda orqa miya suyuqligi aylanishining buzilishi, miya ichki bosimining ko’tarilishi, mi- nerallar va kislota-ishqor muvozanati- ning aynishi va b. Pa-tologik jarayonlar yotadi. K. holati turli kasalliklarning o’ziga xos alomatlari b-n kechadi. K.ning miya K.si, uremik K., buyrak K.si kabi turlari bor. Lekin “K.”termini AK- sari qandli diabet oqibatida kelib chiqadigan og’ir holatni ifodalash uchun ishlatiladi (diabetik K.). Og’ir K. ter- minal holat hisoblanadi. Davo K.ga sa- bab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat. K. xrlatidagi bemor darhol ka- salxonaga yotqiziladi va zudlik b-n te- gishli davo choralari ko’riladi.