KOMAROV VLADIMIR LEONEVICH
KOMAROV VLADIMIR LEONEVICH [1869.1(3).9, Peterburg — 1945.5.12, Moskva) — rus botanigi va geografi, akademik (1920 yildan). Peterburg universitetini tugatgan (1894), shu universitet professor (1918 yildan), ayni vaqtda Peterburg botanika bog’ida (1899 yildan) ishlagan. Peterburg botanika bog’i (1930-44), tabiatshunoslik tarixi instituti direktori (1944 yildan). Asosiy ishlari o’simliklar sistematikasi, floristikasi va geografiyasi, o’simliklar dunyosi evolyutsiyasiga bag’ishlangan.