Kombinasiyalangan qurama suratga olish nima?
Siz, albatta, kinoda aktyor havoda bemalol uchib yurganini, baland binodan qulab tushganini, lovullayotgan mashinada portlab ketganini ko’rgansiz. Butun bu “mo’jizalar” ekranda tabiiydek chiqmog’i yo’lida kinochilarning “kombinatsiyalangan suratga olish” degan texnikani qo’llashlariga to’gri keladi. Stop-kadr degan texnika kombinatsiyalangan suratga olishning eng oddiy turi sanaladi. Uni aktyorning kutilmaganda kadrdan yo’qolib qolishini yoxud paydo bo’lishini suratga olish maqsadida qo’llaydilar. Bunda kamerani qisqa fursatda o’chirishadi va aktyor kadrdan chiqib ketadi yoki, aksincha, unga kirib keladi. So’ngra kamerani yoqishadi va suratga olish davom etaveradi. “Perespektiv sig’dirish” degan usul ham bag’oyat qiziqarlidir. Ikki aktyorni kameradan har xil uzoqlikda qo’yib, ulardan biri boshqasining kafti bo’ylab “sayr qilib yurishi”ga erishish ham mumkin. Mazkur usul ertak filmlarda ko’p qo’llanadi. Rir-proyeksiya usuli xususan ilmiy-fantastikaviy filmlarda ko’p ishlatiladi. U aktyorni suratga olish paytida oldindan suratga olingan harakatlanuvchi fon proyeksiyalangan maxsus ekran fonida qayta suratga tushirilishida mujassamlashgan. Shu yo’sin aktyorni vulqon o’pqoni bo’ylab yoki dengiz tubi bo’ylab sayr qilishga undash mumkin. Kombinatsiyalangan suratga olish faqatgina fantastika yoki sarguzasht filmlarda qo’llanadi, degan mulohaza mutlaqo yanglishdir. Suratga olishning maxsus turlari yordamida aktyorni rejissyorga qanday kerak bo’lsa, shunday harakatlanishga undash yoki sahnalashtirish uchun qiyin bo’lgan lavhada ishtirok etishdan xalos hilish mumkin. Masalan, o’q teshib o’tgan joylarni tasvirlovchi maxsus nakleyka-mitti yopishqoqlarni shishaga yopishtirishni qo’llash o’q “naq aktyorning qulog’i tagidan vizillab o’tadigan” otishmalarni xuddi o’zidan tasvirlashga imkon beradi.