“Komedi Fransez”
“Komedi Fransez” (Comedie Frani;aise) (rasmiy nomi — “teatr Fran- se”, “Teatre-Franpais”) — Frantsiyaning eng keksa milliy dramatik teatri. 1680 y.da Lyudovik XIV buyrug’i b-n Parij- da asos solingan. Dastlab truppaga 27 aktyor (jumladan, M.Shanmele, M.Baron, Sh.Lagranj, A.Bejar va b.) kirgan. Eng yaxshi milliy dramatik asarlarni sahnalashtirish huquqiga va etuk AK- tyorlarni chetdan taqlif etish imkoni- ni beruvchi moddiy yordamga ega bo’lgan “Qirollik” teatri mavqeidagi “K.F.» tez orada Frantsiyaning yirik teatriga aylandi. Teatrga qirol tomonidan tay- inlangan superintendantlar rahbarlik qiladi, uning repertuarini belgilaydi. “K.F.”doimo klassisizm kridalariga amal qilishga intilgan, 19 – da klassi- tsizmning tayanchi va rasmiy mafkurasiga aylangan; mumtoz an’analarga sodiqlik teatrga turli formalistik oqimlarni kirib kelishiga yo’l bermagan. “Buyuk frantsuz inqilobi” yillarida teatr “Millat teatri” deb atalgan. “Moler uyi” deb nom olgan “K.F.”ni frantsuz jamoatchiligi hamisha qo’llagan. Turli davrlarda teatrda frantsuz ma’rifatpar- varlari (Volter, D. Didro, P. Bomarshe va b.), tanqidiy realizm namoyandalari (A.Bek, A.Frans, J.Renar, E.Fabr va b.) va b. asarlari sahnalashtirilgan. Rea- listik an’analar, asosan, komediyalarda komik aktyorlar (E.F.J. Go, B.K.Koklen va b.) ijodida rivojlangan. “K.F.”da zamonaviy frantsuz teatrining yirik aktyor va rejissyorlari ijodi shakllan- gan: M.Bel, B.M.J.Bovi, B.Bretti, J.L.Barro, M.Reno va b. “K.F.”reper- tuaridan P.Kornel, J.Rasin, Moler, P.Bomarshe va b.ning asarlari keng o’rin olgan.