KOMENDANT

KOMENDANT (Fransuzcha Commandant — komandir, boshliq) — 1) qurolli kuchlardagi lavozim. Masalan, garnizon harbiy Komendanti, shtab Komendanti; 2) ba’zi davlat va jamoat muassasalari (yotoqxonalar, teatr, davlat binolari, lagerlar va boshqalar)ni muhofaza etish va xo’jalik yuritishga boshchilik qiluvchi shaxs.