Komilov Erkin
Komilov Erkin (1946.20.7, An- Dijon viloyati, kurfa qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1998). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1968). 1966 y.dan Hamza teatri- da aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek (“Oltin devor”), Qobiljon (“saman- dar”), Ibn Sino (“Beruniy”), Karl Moor (“Qaroqchilar”), Jevakin (“Uylanish”), Glumov (“har to’kisda bir ayb”), Myas- nikov (“Qatag’on”), al-Zokir (“piri ko- inot”), Boyazit (“Sohibqiron Temur”), Ikrom (“Ufq”), Albeni (“Qirol Lir”), Abulfayzxon (“Abulfayzxon”), Ortiq (“Noyob nusxa”), Mannon Uyg’ur (“tomo- sha davom etadi”), Garrison (“etti FA- ryod”) va b. Yaratgan obrazlariga o’ziga xos rang berib, xarakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol o’ynashda yaxshi- lik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlan- gan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning jo’sh urishi K. ijodiga xos. K. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul (“Yuzsiz”), Yo’ldosh (“Sevgi”), Musulmonqul (“o’tgan kun- lar”), Valixo’ja eshon (“amirning Xu- fiyona yurishi”), Xurram (“tilla bola”), Boyazid Jaloyir (“Amir Temur”), Qurbonov (“uchishga ruxsat eting”), do- vjenko kinostudiyasida “Yulduz shu’- lasi” filmida Ergash Sobirov va b. Video va telefilmlarda Aziz Qosimov (“Girdob”), Sultonmurod (“Alisher Navoiy”), Haydar (“Diyonat”), Rahim Saidov (“yoz yomg’iri”), Charlz Fori- ster (“qora karvon”), Bachana (“Abadiyat qonuni”), Jabbor (“qora ko’zlar”), may- or Solihov (“so’nggi o’q”), Haydar (kesak polvon) (“Shaytanat”), Shokir ota (“et- tinchi falakdan kelgan ovoz”) kabi rol- lar ijro etgan. “Otalar so’zi—aqlning ko’zi” ko’rsatuvida 100 dan ortiq rol o’ynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.