“KO’MIR” AKTSIYADORLIK BIRLASHMASI

“KO’MIR” AKTSIYADORLIK BIRLASHMASI — O’zbekistonda yirik ko’mir qazib olish va sotish aktsiyador- lik birlashmasi. Boshqaruvi Toshkent sh.da joylashgan. “O’zbekenergiya” dav- lat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Dastlab 1927 y.da “O’rta Osiyo ko’mir” (“Sredazugol”) kti nomida tash- kil etilib, O’rta Osiyo Respubli-kalari- dagi barcha ko’mir konlarini boshqargan. 1994 y. dan hoz. aktsiyadorlik birlashma- si. Qo’ng’ir ko’mir, tosh-ko’mir, toshko’mir briketlari, er OS-tida ko’mirdan gaz, boyitilgan kaolin va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birlashma tarkibida ko’mir qazib oluvchi “Angren”, “apar- tak” ochiq konlari, 9-shaxta, “Sharg’un”, “Boysun” shaxtalari, “Erostigaz” st- yasi va 20 ga yaqin korxonalar, tashki- lotlar, AK-tsiyadorlik jamiyatlari bor. Birlash-mada 2001 y.da jami 2711 ming t ko’mir (2619 ming t qo’ng’ir ko’mir, 92 ming t toshko’mir) qazib olindi, 47 ming t ko’mir briketlari, 63 mln. m3 er osti gazi ishlab chiqarildi. Birlashmada 10 mingga yaqin kishi mehnat qildi (2001). 1996 y. dan buyon AQSh, Yaponiya va Ger- maniya firmalari shartnoma asosida kon uskunalari etkazib bermokda. Birlashma tarkibida O’zbekiston — Germaniya “ka- olin” qo’shma korxonasi tashkil etilgan. 1999 y.da yiliga 200 ming t boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi f-ka ishga tush- Di. 2001 y.da 10,1 ming t kaolin eksport qilindi. Hamroqul Xursanov.