Komissar

Komissar (lotincha comissarius-vakil)-1) Rech Pospolita va Litva knyazligida qaysidir masala yuzasidan yoki biror topshiriqni bajarish uchun buyuk knyaz, rada yoki seym tomonidan tayinlangan komissiya a’zosi; 2) Rossiya imperiyasida 1765 yildan 1780 yilgacha tayinlangan komissarlik-bir yoki bir necha yuz kazaklardan tuzilgan quyi hududiy birlik rahbari. Komissarliklar provintsiyalarga bo’ysundirilgan; 3) 1772 yildan Pskov va Mogilev guberniyalarida uyezd ma’muriyatini boshqargan mansabdor shaxs, politsiya vazifalarini bajargan; 4) 1917 yildan, Fevral inqilobi va Oktabr to’ntatishi oralig’ida, Rossiyada guberniya hamda uyezdlar boshqaruvi ustida turgan amaldorlar; 5) harbiy Komissar – 1918-1942 yillarda harbiy qismlar (kemalar), qurolli kuchlar qo’shilmalarida qo’mondonlik vakolatlari berilgan RKP(b) vakili; 6) xalq Komissari-sovet Rossiyasi va SSSRda 1917-1946 yillarda Xalq komissarligini boshlig’i lavozimi; 7) davlat xavfszligi Komissari-XX asr – 30-40-yillarida Sovet davlatida GPU, GUGGB NKVD va NKGBda oliy komandirlar tarkibining maxsus unvoni.