Komitas

Komitas (taxallusi; aslida so- gomon Gevorkovich Sogomonyan) [1869.26.9 (8.10), Turkiya, Kutina qishlog’i — 1935.22.10, Parij, Erevanda dafn etil- gan] — arman kompozitori, xor dirijyo- ri, folklorshunos. Arman musiqa etno- grafiyasi va ko’p ovozli xor musiqasining asoschisi. Echmiadzin diniy akademiyasi- ni (1893), Berlin konservatoriyasi hamda un-tini (1899) tugatgan. Echmiadzinda musiqa sinflari va xor rahbari (1899 y.dan). 1910 y.dan Istanbulda, 1918 y.dan Parijda yashab ijod qilgan. 1916 y.dan og’ir ruhiy kasallikka uchragan. 3000 dan ortiq xalq qo’shiqlarini to’plab, ayrim- larini xor, ko’proq esa ovoz va fortepia- no uchun qayta ishlagan; arman, kurd, turk va b. xalq qo’shiumrini ilmiy tadqiq etgan. K. ijodiy faoliyati va avvalambor polifonik xor asarlari milliy kompo- zitorlik maktabi, shu b-n birga Sharq (xususan, o’zbek) xor musiqasi shakllani- shiga katta ta’sir o’tkazgan. Armaniston davlat filarmoniyasi qoshidagi kvartet, Erevan konservatoriyasiga K. nomi be- rilgan. 1969 y.dan 12 jildli mukammal merosi nashr etila boshlangan.