KOMMUNAL XO’JALIK MASHINALARI
KOMMUNAL XO’JALIK MASHINALARI — aholi yashaydigan joylar hududini, jamoa binolarini tozalay- digan va yig’ishtiradigan, kiyim-kecha- klarni yuvadigan va kimyoviy tozalay- digan mashinalar. Aholi yashaydigan joylarni tozalashda axlat tashiydigan (konteynerli, kuzovli) mashinalar, suv sepish-yuvish mashinalari, supurish-to- zalash mashinalari, o’ra tozalash (Avto- tsisternalar), yo’lkalar va plyajlarni tozalash, qor kurash, qum sepish mashina- lari, universal yuklagichlar va b. ishla- tiladi. Bu mashinalarning ba’zilarida olib qo’yiladigan jihozlari bo’ladi. Jamoa binolarini tozalashda supu- radigan, supurish-chang so’radigan, suv sepish-chang so’radigan, Pol artadigan va b. mashinalardan foydalaniladi. May- sazorlar va ko’katlarni texnik jihatdan saqlashda maysazorlarni o’radigan, buta qirqadigan (butalaydigan) mashina- lardan, avtomatik suv purkagichlardan foydalaniladi. Bo’lardan tashqari, ka- nalizasiya tar-moqlari quduqlarini to- zalaydigan ichimlik suvlari olinadigan quduqlarni ta’mirlaydigan va tozalay- digan, mashinalar ham mavjud. Shahar va qishloqlarning kommunal va turar joy xo’jaliklarida vodoprovod va kanaliza- tsiya, gaz, issiqlik va elektr tarmoqlari uchun operativ ishlaydigan hamda avariya yuz berganda foydalaniladigan mashina- lar, shahar elektr transporti vositala- rini, yo’l to’shamalarini, turar joy bi- nolarini ta’mirlashda ishlatiladigan va b. mashinalar mavjud.