Kommutator

Kommutator (lot. commuto — almashtiraman, o’zgartiraman), almash- lab ulagich, taqsimlagich — elektr zan- jirini ulash, o’zish, almashlab ulash va zanjirdan o’tayotgan tok yo’nalishini o’zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. Almashlab ulash qo’lda (mas, telegraf K.i) yoki maxsus dastur asosida avtomatik tarzda bajariladi. Elektro- mexanik, elektron va elektron nurli K.lar bor. Oddiy elektromexaniq K.: rubilniklar, elektr mashina kollek- torlari; elektromagnit rele to’plamlari va b. Elektron K. — ma’lum funktsi- onal sxemalar bo’yicha ion asboblari, elektron lampalar, yarimo’tkazgichlardan yig’ilgan elektron qurilmalar. Elek- tron nurli K. — elektron nur yordami- da boshqa asbobning ulanish sxemasini o’zgartiradi. K. elektrotexnika, aloqa, telemexaniqaning ko’p vositalari va b.da qo’llanadi.