KOMMUTATSIYA

KOMMUTATSIYA (lotincha Commutation — o’zgartirish) — 1) elektr zanjirlari va ularning qismlarida simlar, kabellar, mashinalar, transformatorlar, apparatlar va asboblarni maxsus qurilmalar yordamida almashlab ulash. Elektr zanjiridagi tok yo’nalishini kalitlar, kontaktorlar, rele va boshqa qurilmalar o’zgartiradi; 2) hisoblash mashinalarini har bir yangi masalani echish uchun qayta sozlash; 3) elektr stansiya va kichik stansiyalarning to’g’ri va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun mashina, transformator, akkumulyatorlar batareyasi, apparatlar (uzgich-ulagich, muhofaza relelari, o’lchash transformatorlari va boshqalar)ni elektrga ulash.