Komprachikoslar

Komprachikoslar (ispancha comprachicos-ayni ma’nosi bola xaridorlari)-XIII-XVII asrlarda Angliya, Fransiya, Germaniyada bolalarni o’g’irlash va oldi-sotdi qilish bilan shug’ullangan to’dalar. Bolalarni jismonan mayib-majruh qilib masxaraboz, acrobat sifatida pullashgan. Atama V.Gyugoning “Kulayotgan odam” (1869) asari orqali keng iste’molga kirgan. Gyugo Komprachikoslarni masonlik tashkilotlari bilan tenglashtirgan. Ularning o’z qonunlari, odatlari, an’analari, hatto maxsus tili bo’lgan. Ayrim tarixiy davrlarda, masalan, Angliyada styuartlar davrida Komprachikoslar faoliyati hatto rag’batlantirilgan. Styuartlar taxtdan ag’darilgach, Komprachikoslar mamlakatda Komprachikoslar jinoyatchilar deb e’lon qilingan. Guruhlarning rahbarlarini osish, oddiy vakillariga tamg’a bosish kabi jazolar qo’llanilgan. Angliyadan keyin Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya ham Komprachikoslarning faoliyatini taqiqlagan.