Kompressor
Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida o’zatadigan qurilma. To’zili shiga ko’ra, porshenli, rotasion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod K.lari; bosimga qarab, past (0,3—1 Mya/m2), o’rta (10 Mya/m2 gacha) va yuqori (10 Mya/m2 dan yuqori) bosimli xillarga bo’linadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi. Porshenli K., asosan, ish tsilind-ri va porshendan iborat. U bir va ko’p TSI- lindrli, tsilindrlari vertikal, gori- zontal, V-Simon va W-Simon o’rnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki ko’p bosqichli bo’ladi. Gaz tsilin- drning ichki devorlari b-n ilgarilanma- qaytma harakat qiladigan porshen ora- sida qisiladi. Rotasion K.da aylanuvchi bir yoki bir necha porshen — rotor ish organi hisoblanadi. Ularda so’rilgan gazning xajmi rotorda ekstsentrik joy- lashgan sirpanuvchi plastina b-n TSI- lindr orasida (plastina-vintsimon rotor orasida (vintli K.) kamayadi. M arkazdan qochirmak. da rotorning ish g’ildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan krchma kuch ta’si- rida, so’ngra harakat tezligining Pa- sayishi natijasida (halqa diffo’zorda) siqiladi. O’qa viy K.da gaz o’qqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor ko’raklari b-n korpusning ko’zg’almas ko’raklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy K.ni turbokompressorlar ham deb atala- Di. Oqimli K.larning tuzilishi va ish- lashi oqimli nasoslarga o’xshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, ko’pincha, suv bug’idan foydalaniladi. K.lar sanoat- ning ko’p tarmoqlarida ishlatiladi.