KOMPRESSOR STANTSIYASI

KOMPRESSOR STANTSIYASI -energiya eltgich (pnevmatik asboblar uchun havo, isitish uchun gaz) yoki xom ashyo (havodan kislorod, azot-vodorod aralash- masidan ammiak olish) sifatida foyda- laniladigan qisilgan gaz yoxud havo olish uchun qo’llaniladigan stasionar qurilma. K. s. turli sanoat korxonalari va qurilish maydonchalariga o’rnatiladi. K. s. kompressor va b. jihozlar — siqilgan gaz idishlari, gaz yiggichlar, suv, havo va sovitish qurilmalari, muxandislik kommunikasiya tarmoqlari (vodoprovod, kanalizasiya, bug’, issiq suv), transfor- mator kichik st-yasi o’rnatilgan asosiy bino va xodimlar binosidan iborat. K. s. alohida joyga olovbardosh materiallar- dan quriladi. Ayrim (mas, compressor jihozlari i.ch.ga ta’sir qilmaydigan) hollarda korxona binosida joylashishi mumkin.