Kompton (Compton) Artur Xolli
Kompton (Compton) Artur Xolli (1892.10.9, Vuster, Ogayo — 1962.15.3, Berkli) — amerikalik fizik, AQSh Milliy FA a’zosi. Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasiga, kosmik nurlar fizi- kasiga oid. Kavendish lab. (Kembrij)da rentgan nurlari sochilishi va yutilishi- ni tekshirgan (1920). Modda elektron- lari sochadigan rentgen nurlari to’lqin uzunligining o’zgarish effekti (kom- pton effekti)nm ochgan va yorug’likni fo- tonlar oqimi sifatida tasavvur qilgan holda bu effekt nazariyasini yaratgan (1922). Metall va shishalar sirtidan rentgen nurlarining to’liq qaytish hodisasini aniqlagan. Kristallar va ayrim atomlarda elektron zichligining taqsimlanishini hisoblash usulini ish- lab chiqqan. Kosmik nurlarni tekshirish b-n shug’ullangan va birlamchi kosmik nurlarning korpuskulyar tabiatidan da- lolat beruvchi effektni aniqlagan. Atom bombasini yaratishda katnashgan (1941— 45). Nobel mukofoti laureati (1927).