KOMPYUTER VIRUSI

KOMPYUTER VIRUSI – EHM ning xavfli “dasturi”. Kompyuter ega- sini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga “joylashtiri- ladi” va zaryadlangan faylni navbatdagi qo’yishda ko’payadi. K. v. kompyuterning risoladagi ish me’yorini buzadi, ma’- lumotlarni o’chirib yuboradi, display (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. K. v. dasturini ishlab chiquvchilar 20-a. 80-y.lari boshida AKShda paydo bo’ldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. K.v.ga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.