KOMSOMOLSK-AMUR
KOMSOMOLSK-AMUR – Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasidagi shahar (1932 yildan), Amur daryosi sohilidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi qariyb 312 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qora Metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 3 oliy o’quv yurti, teatr, o’lkashunoslik va badiiy muzeylar bor. Komsomolsk-Amurga 1932 yil asos solingan.