Kondiloma
Kondiloma (Yun. condyloma — o’sma, shish) — teri va shilliq qavatlar (epiteliy va biriktiruvchi to’qima) ning doimiy shakllanadigan sohasida turli yallig’lanishlar tufayli paydo bo’ladigan so’galsimon o’smalar. K., AK- sariyat, isqirt odamlarda tashqi jinsiy a’zolarning (siydik, najas va b. b-n ) doim namlanib turadigan terisida, chov burmalari va b. joylarda paydo bo’ladi. Serbar K. (zaxm belgilaridan biri) va o’tkir uchli K. farq qilinadi. Dastlab mayda, qizg’ish tugunchalar paydo bo’lib, ular asta-sekin kattalashadi, so’ng bir- biri b-n qo’shilib, xuddi gulkaramga o’xshash o’smaga aylanadi.