Konditsionerning vazifasi nima?
Qishda xonalarni isitish kerak bo’ladi. Bu ish pech yoki Markaziy isitish tizimi yordamida amalga oshiriladi. Yozda esa, aksincha, uyda musaffo havo salqin bo’lishi uchun konditsionerlar ishlatib qo’yiladi. Konditsioner xonada ozodalikni, ko’rsatilgan haroratni va havo namligini saqlaydi. Iqlimi keskin mamlakatlarda (haddan tashqari issih yoki sovuq) konditsionerlar suv va havodek zarur. Faqat ularning sharofatidan bunday o’lkalarda odamdek ishlash va yashash mumkin. Teatrlarda, mehmonxonalarda, do’konlarda, konditsiyalangan havodan foydalaniladigan hamma joyda o’zingizni mo’tadil va tetik his etasiz.