KONFEDERATSIYA

KONFEDERATSIYA (confoederatio – ittifoq, birlashma) — 1) davlat tuzilishining bir shakli; unga ko’ra, Konfederatsiyani tashkil qilgan davlatlar o’z mustaqilligini to’la saqlab qoladi, o’z davlat hokimiyatini tuzadi; maxsus birlashgan organlar esa muayyan (harbiy, tashqi siyosiy) maqsadlarda harakatlarni muvofiklashtirish uchungina tuziladi. hozirgi dunyoda faqat bitta Konfederatsiya – Yevropa Ittifoqi mavjud; 2) biron-bir ijtimoiy yoki boshqa xil faoliyatga yo’naltirilgan tashkilotlarning nomi (masalan, Osiyo futbol Konfederatsiya).