KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUI

KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUI — Xitoy faylasufi Konfutsiy tug’ilib o’sgan joy — Syuyfu sh. (Shan- dun viloyati)dagi me’moriy yodgorlik majmui, ziyoratgoh. Majmua ibodatxo- na, saroy (ko’shk) ansambli va bepoyon daraxtzorlari bo’lgan bog’xilxonadan iborat 20 ga maydonni egallagan. Un- dagi ko’pgina bino va alohida hovlilar toshdan qurilgan toqu-ravoqlar, yog’och darvozalar, ko’proq, tosh stellalar (eng qadimgisi mil. AV. 56 y.), ko’shk, shiy- ponlar (2-3 katlamli cherepisa tomli) o’zaro bir-biri b-n bog’langan. Konfutsiy ibodatxonasi Syuyfu sh.ning markazida qad ko’targan. Ibo- datxona imperatorlarning Konfutsiyga sig’inadigan joyi sifatida mil. AV. 478 y.da qurila boshlangan. Dastlab uning 3 tagina zali mavjud bo’lgan. Xan davrida (206-220), imperator udi konfutsiychi- likka katta e’tiqod qo’yib, ibodatxonani kengaytira boshlaydi. Keyingi davrlar- da aksariyat imperatorlar ibodatxonaga zi-yoratga kelishar yoki o’z vakillari- ni qurbonlik b-n yuborishardi. Asr- dan-asrga Konfutsiy ibodatxonasining chegaralari kengayib bordi. Minlar (1368-1644) va Tsinlar (1644-1911) davrida ko’p qurilishlar olib borilib, ibodatxona bugo’ngi kundagi ko’rinishiga ega bo’ldi. Ibodatxona o’zining mahobati, ulug’vorligi, me’moriy g’oyasi b n echimi- ning uyg’unligi, nafis ijrosi b-n butun mamlakatga mash-hur bo’lgan. Ibodatxo- na mayd. 9,2 ga, tarhi 150×630 m. Mar- kaziy o’qining shim.-janub tomonida 3 ta asosiy ko’shki, ikki yonida esa qator hovlilar, darvoza va shiyponlar sim- metrik joylashgan. Ibodatxonada jami 9 hovli, 466 alohida xona, 54 ta toqu- ravoqlari bor. Birinchi 3 hovliga sarv daraxti ekilgan. Ibodatxona atrofi qizil g’ishtli devor b-n o’ralgan. Burcha- klariga minoralar ishlangan. Konfutsiy ibodatxonasida 2100 dan ortiq yozuvli tosh yodgorlik (Stella)lar mavjud. Bo’lar bir tomondan, ajoyib tarixiy manba sifatida, ikkinchi to- mondan esa, kalligrafiya va tosh yozuvi ko’rgazmasi sifatida xizmat qiladi. Saroy ansambli (“Oliy barkamol- lik saroyi”, 1018 y,; 1730 y.da yong’indan keyin qayta qurilgan) ibodatxonaning sharqida joylashgan. Saroy 3 qism sharqida — uy va ustaxona, g’arbida — mehmonxona (qabulxona), markazida — xizmatchilar xonasidan iborat. Saroy bal. 24,8, eni 45,8 m. Tomi sariq cherepi- tsa b-n qoplangan. Atrofi ochiq galereya- li. Jan. tarafidagi 10 ta tosh ustunlar- ga ajdarhoning bo’rtma tasvirlari ish- langan. Saroy oldidagi ayvon maydon- chasida Konfutsiy shara-figa marosim raqslari o’tkazilgan. Saroy ichida kon- futsiyning o’tirgan holatdagi haykali o’rnatilgan. Saroyda qad. qo’lyozma va ki- toblar saqlanadi. Bog’ (daraxtzor) Syuyfudan shim. tomonga 1 km ga cho’zilgan bo’lib, ular orasida Panteon (Konfutsiy avlodi xilxonasi) joylashgan. Konfutsiyning o’zi shaharning shim.da Chjushuy daryosi bo’yiga dafn etilgan. Bog’mayd. 2 kv.km ga etgan. Atrofini umumiy o’z. 7,5 km devor (bal. 3,4 m) o’rab turadi. Unda Konfutsiy va uning shogirdlariga atab ishlangan soqchi haykallar-qabrtoshi (tosh Stella- lar), ziyoratxona zali va turli davrlarga oid sag’analar, Shaoxao maqbarasi (11-a., tosh piramida shaklida qurilgan), Chjou- gun ibodatxonasi bor. K.yo.m. Jahon me- rosi ro’yxatiga kiritilgan (1994). Erkinjon Aminov.