Kongo

Kongo (Congo), Kongo Respublika- si (Republique du Congo) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 342 ming km2. Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2001). Ma’muriy jixatdan 10 viloyat (region) ra bo’linadi. Poytaxti — Brazzavil sh. Davlat tuzumi. K. — respublika. Dav- lat boshlig’i — prezident (1997 y.dan Deni Sassu-Ngesso). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament (mil- liy o’tish kengashi). Ijroiya hokimiyat — hukumatga prezident boshchilik qiladi. Tabiati. K. hududi, asosan, Kongo botig’ida joylashgan. Mayombe tog’lari (bal. 930 m gacha) kambar (eni 40— 50 km) dengiz bo’yi pasttekisligiga paral- Lel yotadi. Mamlakatning shim.-g’arbi tekislik bo’lib, unda ayrim tog’lar qad ko’targan (Nabemba cho’qqisi — 1000 m). K.ning qolgan qismi botqoqlashgan al- lyuvial tekisliklardan iborat. Iqlimi issiq; shim. sernam ekvato- rial, Jan. quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (apr.)ning o’rtacha t-rasi 24-27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20-25°. Yillik yog’in 1500-2000 mm, Jan. chekkasida 1200-1400 mm. Daryo ko’p, hammasi sersuv. Yiriklari Kon- go .va uning o’ng irmoqlari — Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuprok,larda qimmatbaho yog’och beradigan (limba, oku- me va b.) o’rmonlar, Jan.da savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, be- gemot, qoplon yashaydi; parranda turlari ko’p. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumla- dan, tsese pashsha va h.k.) uchraydi. K.da Lefini qo’riqxonasi va Odzala milliy bog’i bor. Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (Kongo, teke, mboshi, sanga, bo- bangilar)dan iborat. Tropik o’rmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til — frantsuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar — Kato- liklar, protestantlar, bir qismi an’a- naviy dinlarga e’tiqod qiladi, Musul- monlar ham bor. Yirik shaharlari: Braz- zavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo. Tarixi. Arxeologiya topilmalari- ning dalolat berishicha, K. hududida Pa- leolit va mezolit davrlarida Niari da- ryosi vodiysida odamlar yashagan, Mpila va Mpiaka degan manzilgoxlar bo’lgan. Taxm. milodning dastlabki asrlarida bantular Kongo daryosi xavzasiga ko’chib kelgan va bu joyda yashovchi pigmeylar- ni surib chiqargan. Shu davrga oid temir anjomlar topilgan. 1482 y.da Portugal dengizchisi Diogu Kan bu erga kelib tushganida majusiy bantu xalqlaridan Kongo, vili, yombelar (Kongo daryosining quyi oqimida), tekelar (Malebodan shim. rokda) va b. yashagan. Ular o’rmondan er ochib, dehqonchilik qilar (supurgi, DUK- kakli ekinlar, yams ekishgan), aholining bir qismi baliqchilik b-n shug’ullanar, hunarmandchilik (to’quvchilik, kulollik, temir va mis eritib, turli idish va as- boblar yasash) rivojlangan edi. K. hududida vililar yashaydigan sohilda Loango, tekelar yashaydigan Ma- lebo atrofida Teke (tio) davlatlari vujudga kelgan. Ular b-n evropaliklar o’rtasida aloqa o’rnatila borgan, qul sav- dosida hamkorlik qilingan. 19-a. oxiri- da Kongo daryosi havzasida frantsuzlar paydo bo’lgan. Ekspedisiya qo’mondoni P. Savornyan de Brazza 1880 y.da Nkuna manzili (hoz. Brazzavil sh.)ga asos sol- Di. 1880 y.dan K. Frantsiya protektorati, 1886 y.dan mustamlakasiga aylantiril- Di. 1903 y.dan O’rta K. deb nomlandi. K. 1960 y. 15 avg.da mustaqillikka erishdi. Shu yilning 20 sent.dan BMT a’zosi, 1969 y. 30 dek.da Xalq Respu- blikasi deb e’lon qilindi. 1991 y.dan mamlakat K. Respublikasi deb atala boshladi. Milliy bayrami -15 avg. — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyush- malari. K. mehnat partiyasi, 1969 y.da tuzilgan; K. demokratiya va mushtarak rivojlanish harakati, 1990 y.da asos so- lingan; demokratiya va rivojlanish uchun birlashma, 1990 y.da tashqil etilgan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashma, 1990 y.da tuzilgan; birlash- gan demokratik kuchlar, 1994 y.da asos solingan; ijtimoiy demokratiya uchun Afrikaaro ittifoq partiyasi. K. kasaba uyushmalari konfederasiyasi, 1964 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushma birligi tashqilotiga va Jahon kasaba uyushmala- ri federasiyasiga kiradi. Xo’jaligi. K. — agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini q.x., konchi- lik va o’rmonchilik tashqil etadi. Faol aholining 60% q.x.da band. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o’rmon xo’jaligi, baliqchilikning ulushi — 14%, sanoat va qurilishning ulushi — 37%. Neft va yog’och asosiy tabiiy boyliklaridir. Neft qazib chiqarish, yog’ochsozlik va oziq-ovqat tarmoqlarida 300 dan ko’proq yirik va o’rta korxona bor. Bundan tashqari, gaz, qo’rg’oshin, pyx, mis, qalay, olmos, oltin, kaliy tuzi qazib olinadi. Daryolar bo’yiga qurilgan GESlar elektr energiyaning asosiy qismini hosil qilib beradi (1 y.da 482 mln. kVt-soat). Er fondining juda oz qismini ekinzor va yaylovlar tashqil etadi. Q.x. kamhosil bo’lib, aholining oziq- ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondira ol- maydi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yams, Taro, tariq, makkajo’xori, sholi, sabzavot etishtiriladi. Eksport uchun moyli palma, banan, kofe, kakao, TSI- Trus o’simliklar, geveya o’stiriladi, shakarqamish, er eng’oq, tamaki ekiladi. K.da 802 km t.y., 15 ming km Avto- mobil yo’li bor (1,5 ming km qattiq qoplamali). Yagona dengiz porti — Pu- ent-Nuar, Daryo porti — Brazzavil, xalqaro aeroportlari — Brazzavil va Puent-Nuarda. K. chetga neft, yog’och, qurilish Mate- riallari, olmos, palma mag’zi va yog’i, kofe, kakao, tamaki, qand-shakar, rangli metall rudalari chiqaradi. Chetdan mashi- na, transport vosita va jihozlari, keng iste’mol mollari, oziq-ovqat keltira- Di. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSh, Frantsiya, Ispaniya va b. Pul bir- ligi— Afrika franki. Tibbiy xizmat. Tibbiy xizmat tizimi davlat tasarrufida. Har bir tumanda ka- salxona, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, tibbiyot markazi bor. Bezgak, oshqozon-ichak va sil kasallikla- ri tarqalgan. Vrachlar, asosan, Frantsiya va Senegalda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Mamlakatda 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy ta’lim joriy etilgan, hamma turdagi o’qish bepul. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 6 y., o’rta maktabda 7 i. Brazza- vilda milliy un-t bor. Ilmiy muassasa- lari: ilmiy texnika tadqiqotlari mil- liy kengashi, K. mahsuldorligini oshi- rish byurosi, tropik o’rmonni o’rganish markazi va b. Brazzavilda un-t kutubxo- nasi, milliy muzey hamda uning arxivi va kutubxonasi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da bir qancha gaz. nashr etiladi. Yiriklari: “Mveti” (“Yulduz” frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1977 y. dan), “Bakento ya Kongo” (“Kongo xotin- qizlari”, frantsuz tilida 3 oyda 1 marta chiqadigan gaz.), “Vua de la klass uvrier” (“Ishchilar sinfi ovozi”, frantsuz tili- da 1 y.da 6 marta chiqadigan gaz.), “Jenes e revolyuson” (“yoshlar va inqilob”, frantsuz tilidagi haftalik gaz., 1977 y.dan), “Kombattan ruj” (“qizil jang- chi”, frantsuz tilidagi oylik gaz.), “Smen afriken” (“Afrika haftasi”, frantsuz tilidagi gaz., 1952 y. dan). K. axborot agentligi 1962 y.da tuzilgan. K. mil- liy radioeshittirish va teleko’rsatuviga 1962 y.da asos solingan. Adabiyoti. K.da kadimdan boy xalq og’zaki ijodiyoti mavjud. Yozma adabi- yot 2-jahon urushidan keyin frantsuz va lingal tillarida paydo bo’ldi. She’- riyat, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. J.B.Tati-Lutarning lirik she’rlari Vatanga muhabbat ruhi b-n sug’orilgan. Shoir J.F. Chikayya yozma she’riyatni yuksak darajaga ko’tardi. Uning “Qora qon”, “qorin”, “Afrika ertaklari” va b. she’riy kitoblarida xalqning ozod- lik va tenglik uchun kurashi — Afrika takdiri haqida o’ylar, xalq tuyg’ulari aks ettirilgan. M. Sindaning she’- riy asarlarida ham mustamlakachi- likka qarshi kurash mavzui yangradi. Ayni vaqtda nasriy asarlar ham keng rivojlandi. J.Malonganing qullar hayotiga bag’ishlangan “Mpfumu Ma Ma- zono afsonasi” va tengsizlikka qarshi kurash mavzuini ifoda etgan “yurak- dagi armon” romanlari K. nasrining yutug’i hisoblanadi. Dramaturgiya sohasida S.Bemba, P.Loni, F.Muangassa, L.Ambili va b. ijod qiladilar. Me’morligi va tasviriy san’ati. Xalq turar joylari, asosan, to’g’ri bur- chakli, tomi ikki nishabli kulbalardan iborat. Marosim o’tkaziladigan binolar naqsh solingan yog’och taxtalar b-n bezatil- gan. 19-a. 2-yarmidan shaharlarda Evropa- cha binolar qurila boshladi. Brazzavil, Puent-Nuar va b. shaharlarda muhtasham ibodatxona, mehmonxona va ma’muriy binolar qad ko’tardi. Yog’ochdan haykalchalar yasash, o’ymakorlik, qovoq va sopol idishlar ishlash, ularni naqsh b-n bezash rivoj- langan. Hoz. zamon san’atida “poto- Poto” rassomlik maktab-ustaxonasi muhim rol o’ynaydi (1951 y. frantsuz rassomi va etnografi P.Lods tashqil etgan). Bu maktab-ustaxona mahalliy an’analarga asoslangan; manzaralarni aniq tasvirlovchi, ranglardan jozibador ko’rinishlar hosil qiluvchi noyob uslub- dagi kartinalar (guash, akvarel) yara- tilgan. Xalq hunarmandchiligi rivoj topgan. Musiqasi qadimdan mavjud. K.da yashaydigan xalqlarning musiqa madani- yati ko’proq folklor b-n bog’liq. Baka, babinga va b. qabilalarning musiqasi ovchilik, dehqonchilik mavzu- ini ifodalaydi. Qo’shiq va raqslar ham ko’pincha q.x. ishlari yoki ov vaqtida ijro etiladi. Baraban, fleyta, chang vosita- sida xabar va yangiliklar tarqatiladi. Mustaqillik yillarida Afrika xalqlari va folklori musiqasiga qiziqish kuchaydi. Kuy va qo’shiqlar, aso- san, barabanda (toku, lokuka, lo’ngo’ngu va b.) orkestr jo’rligida ijro etiladi. Keyingi yillarda zamonaviy musiqa ri- vojlandi. 1966 y.da tashqil etilgan K. milliy baleti, asosan, xalq raqslarini ijro etadi. Teatri. K.da yashagan qad. Xalqlarning ovchilik, baliqchilik va turmush mavzu- idagi an’anaviy raqslari va marosim- larida teatr san’ati unsurlari bo’lgan. Shu asosda va Ev ropa zamonaviy teatr san’ati uslubidan foydalanib, 1965 y. Brazzavilda Kongo milliy teatri barpo etildi, unda sahnalashtirilgan g. Oyo- no-Mbianing “uch oshiq — bir qayliq”, Gi Menganing “Koko Mbalening dekcha- si”, “Orakul”, L.Ambilining “Vatan- parvar” pesalari Shuhrat qozondi. Kinosi. 70-y.larning boshida hujjatli filmlar chiqarildi. 1974 y. birinchi to’liq metrajli badiiy film — “Qalin puli” (rej. S.Komiba) yaratil- Di; film K. yozuvchisi J.Malonganing “Mpfumu Ma Mazono afsonasi” romani asosida ekranlashtirildi. 1977 y. K.da kinematografiya milliy boshqarmasi tashqil etildi. Uning “Ibodatxona”, “Jangchilar” (rej. J.M.Chissuku) fil- mlari yaxshi ko’tib olindi. 1980-90-y. larda ham bir qancha badiiy filmlar yaratildi.