Kongo (Conqo), Kongo demokratik Respublikasi

Kongo (Conqo), Kongo demokratik Respublikasi (Republique Democratique du Conqo; 1971-97 y.larda Zair Respu- blikasi) — Markaziy Afrikada joy- lashgan davlat. Mayd. 2345,4 ming km2. Aholisi 53,6 mln. Kishi (2001). Poytax- ti — Kinshasa sh. Ma’muriy jihatdan 11 viloyat (province)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. K. — respublika. Dav- lat va hukumat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat va o’tish parlamenti tomonidan qabul etiladigan dekret qonunlar orqali prezident amalga oshiradi. Ijroiya hrkimiyatni ham prezident amalga oshi- radi; u hukumat a’zolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Tabiati. K. hududi shim. va Jan. yarim sharlarning ekvatorial va subekvatori- al mintaqalarining qirlar b-n o’ralgan Kongo botig’ida joylashgan. Kongo boti- gining eng past (300-350 m) allyuvial tekislik qismi mamlakatning markazi va g’arbidadir. Jan.da bal. 700-1000 m dan 1200-1300 m gacha bo’lgan supasimon platolar bor. Shaba viloyatidagi Mitum- ba tog’lari (1889 m), Maniqa (1679 m) va Kundelungu (1772 m) platolari keng tek- tonik botiklar b-n ajralgan. Sharqiy chegarasi bo’ylab bal. 2000-3000 m li top;ar joylashgan. Eng baland joyi — K. va Uganda chegarasidagi Ruvenzori tog’i (5109 m). Sunmagan vulkanlar bor. Kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Foy- Dali qazilmalardan mis, kolbalt, rux, uran, qalay, temir, volfram va marga- nes rudalari, boksit, oltin, kumush, PLA- Tina, olmos, nikel, molibden, ko’mir va b. qazib olinadi. Iqlimi mamlakat shim.da (3° sh. k. b-n 3° j. k. oralig’i) ekvatorial, hamisha seryog’in, Jan.da va chekka shim. da subek- vatorial, yozi seryog’in, qishi quruq, Kongo botig’i va uning atrofidagi platolarda eng issiq oy — martning o’rtacha t-rasi 24-28°, eng salqin oy — iyulning o’rtacha t-rasi 22— 25°. Sharqi va Jan.- sharqidagi tog’larda iqlim salqinroq. Shaba viloyatida t-ra iyulda 16°, okt.da 24°. Yillik yog’in ekvatorial mintakada 1700-1800 mm dan 2000-2200 mm gacha, sharqidagi tog’larda 2500 mm va undan ko’proq; chekka Jan.da 1000-1200 mm, eng shim.da 1300-1500 mm. Daryolari ko’p va sersuv. Eng katta da- ryosi — Kongo va uning irmoqlari. Mam- lakat xududining 9/10 qismi Kongo Daryo- si havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida Ostona va sharsharalar bor, gidroenergiya resurslari nihoyatda kat- ta. Daryolarning ma’lum qismlaridagina kema qatnaydi. K.da Kivu, Tanganika, Mveru, tumba va b. ko’llar bor. K.ning shim. qismida podzollashgan laterit tuproq. Botqoqlashgan tuproklarda do- imiy yashil ekvatorial sernam o’rmonlar bor. Jan. qismida va eng chekka shim.dagi kizil tuproklarda, asosan, bo’yi baland o’tli savannalar, Daryo bo’ylarida esa ga- lereyali o’rmonlar o’sadi. Jan.-Sharqiy chekkasidagi qizil-qo’ng’ir tuproqli erlarda barg to’kuvchi siyrak savanna o’rmonlari bor. Sharkdagi tog’larda ba- landlikka ko’tarilgan sari mintaqalar o’zgarib, sernam ekvatorial o’rmonlardan baland tog’ekvatorial o’tloqlarigacha al- mashinib boradi. Ruvenzori tog’ida aba- diy qor va muzliklar bor. O’rmonlarda qimmatbaho yog’ochli qizil, sariq, eben, limba, agba kabi daraxtlar, yog’li pal- ma, kauchuk beradigan o’simliklar o’sadi. Hayvonot dunyosi juda boy. O’rmonlarda har xil maymun, to’ng’iz; savannalarda fil, karkidon, buyvol, jayran, g’izol, zebra, jirafa, Arslon, qoplon, gepard, chiyabo’ri, sirtlon, begemot (Daryo va ko’llarda), qushlarning turli xilla- ri, timsoh, zaharli ilonlar, baliq va hasharotlar (tsese pashsha, termitlar) ko’p. Milliy bog’lari — Virunga, garam- ba, Salonge, Kaxuzi-Biego va b. Aholisi. K.da 300 dan ortiq qabila va elatlar: luba, Kongo, Ruanda, azonda, bangi, TVA va b. bor. Aholining 30% ga yaqini yirik shaharlarda yashaydi. Ras- miy til — frantsuz tili; suaxili til- lari, shuningdek, 20 dan ko’proq lahja bor. Aholining yarmiga yaqini mahalliy dinlarga, qolganlari xristian diniga e’tiqod qiladi. Muhim shaharlari: Lu- bumbashi, Mbuji-mayi, Kisangani, ka- nanga, Bukavu, likasi, Matadi, Kikvit. Tarixi. Hoz. K. hududida quyi Pa- leolit davriga oid manzilgoxlar va tosh qurollar topilgan (Kasai, Lu- Alaba, Luapula daryolarining yuqori oqimi). Evropaliklar bu erga keli- shidan ancha avval Bakuba davlati hukm surgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. So’ng Baluba, lunda va sh. k. o’ndan ortiq mayda davlatlar mavjud bo’lgan. Aholisi ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik, temir va mis rudalarini eritish ishlari b-n shug’ullanib kel- gan. 15-a. oxirida portug’allar (D.Kan ekspedisiyasi) Kongo daryosi havzasiga o’rnashib olib, uni qul bozoriga aylan- tirdi (15-19-a.lar mobaynida u erdan 13 mln. dan ortiq qul Amerikaga olib ketildi). Mahalliy xalq mustamlaka- chilarga, mahalliy amaldorlarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi (1890-92, 1895-96, 1897-1900, 1901-07). 19-a. 70-y.larida Belgiya qiroli Leopold II har xil nayranglar b-n katta hududni bo- sib oddi. Bu hudud “ozod Kongo davlati” nomi b-n Leopold II mulkiga aylanti- rildi (1885). 1908 y. mazkur hudud kom- pensasiya evaziga Belgiya ixtiyoriga be- rilgach, Belgiya Kongosi nomi b-n uning mustamlakasiga aylandi. Hokimiyatni general-gubernator idora qildi. Qul savdosi va ekspluatasiyaning kuchayishi natijasida mahalliy aholi kamayib ketdi (1884 y. 30 mln; 1915 y. 15 mln.). Shunga qaramay, mamlakatda mustamlaka- chilarga qarshi harakat to’xtamadi. 1-jahon urushi yillarida va urush- dan keyin mustamlakachilar mamlakat tabiiy boyliklari (oltin, olmos, mis va sh.k.)ni qazib olib, tashib keta bosh- ladi. Q. x.ning eksportga mo’ljallangan sohalari (kauchuk, kofe, kakao), konchi- lik va sanoatning kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik, qurilish materi-allari kabi tarmoqlari, transport va energeti- ka rivojlanib bordi. Katanga, Leopol- dvil, Kasai va Kivu viloyatlari asosiy sanoat markazlariga aylandi. Yirik shaharlar qad ko’tara boshladi. 2-jahon urushi davrida Belgiya kon- gosi AQSh va Buyuk Britaniyaga harbiy- strategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va b.) etkazib beradigan man- Baga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-y.larda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati ke- skin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdi- lar(1946). Ko’pgina madaniy-ma’rifiy tashqilotlar to’zilib, ular keyinroq si – yosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik be- rishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur bo’ldi. 1960 y. 30 iyunda mustaqil K. Respu- blikasi e’lon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lu- Mumba bosh vazir, J. Kasavubu president lavozimini egalladi. 1960 y. sent.da K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Re- spublika rahbarlari o’rtasidagi kelish- movchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960 y. evropali- klarni himoya qilish bahonasi b-n K.ga Belgiya qo’shinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lu- Mumba iltimosi b-n K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sust- kashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar ta’qib qilindi. Lumum- ba vahshiyona o’ldirildi (1961 y. yanv.). Vatanparvarlar mustaqillik kurashi- ni to’xtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961 y. iyul). 1964 y. K. Demokratik Respubli- kasi deb e’lon qilindi. 1965 y. 25 noyab. da hukumat armiya qo’liga o’tdi. Uning bosh qo’mondoni general-leytenant S.S.Mobutu mamlakat prezidenti deb e’- lon qilindi. Parlament yana tarqatildi, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyati taqiklandi. Keyingi yillarda ichki siyosiy ahvol keskinlashdi. 1997 y. davlat to’ntarishi natijasida prezident Mobutu lavo- zimidan chetlatildi. Demokrat kuchlar uyushmasining rahbari Loran-Dezire Qabila hokimiyat tepasiga keldi. 2001 y.dan mamlakat prezidenti — Jozef Qabila. Milliy bayrami — 30 iyun — Mustaqillik kuni (1960). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. K. ozodligi harakati, 1998 y. tuzilgan; demokratiya uchun kongoli- klar uyushmasi, 1998 y. tashqil etilgan; Inqilob xalq harakati, 1967 y.da asos solingan; demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot Ittifoqi, 1982 y.da tuzilgan; Federalchilar va mustaqil respublika- chilar Ittifoqi, 1990 y.da tuzilgan. K. mehnatkashlar milliy birlashmasi, bir- lashgan kasaba uyushma markazi, 1967 y.da asos solingan. Xo’jaligi. K. — kon va rangli me- tallurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Xo’jaligi tashqi bozor uchun mineral va q. x. xom ashyosi i.ch.ga mo’ljallangan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o’rmon xo’jaligining ulushi 31,4%, konchilik sanoati ulushi 26,9%, savdo va xizmat ko’rsatish ulushi 33,9%. Sanoati. Iqtisodiy faol aholining 13% sanoatda band. Shaba viloyatida mis, marganes, Kipushida rux, Lualaba daryosi va Tanganika kuli ora-lig’ida qalay, shim.-Sharqda oltin, Chikapa va Kasai daryolari havzasida olmos qazib chiqariladi. Eng yirik GESlar shabada, Kongoning quyi oqimida 300 ming kVt li GES qurilgan. Rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, tsement, kimyo, o’rmonchilik, yog’och tilish, kema- sozlik, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’n- poyabzal, qand-shakar sanoati korxona- lari, hamda yog’, pivo, un z-dlari, tamaki f-kalari, Matadi, Kinshasada kemasoz- lik va kema ta’mirlash korxonalari, Mvandada neftni qayta ishlash z-Di bor. Asosiy sanoat markazlari: Kinshasa, Lu- mumbashi. Qishloq xo’jaligi. Iqtisodiy faol aholining 76% q.x.da band. Yirik plantasiya va chorvachilik xo’jaliklari b-n birga yarim natural mayda dehqon xo’jaliklari mavjud. Yirik xo’jaliklar etishtirgan mahsulot (palma yog’i, kakao, geveya, kauchuk, kofe, choy va b.) eksport qilinadi. Ichki ehtiyojlar uchun mani- OK, banan, sabzavot, sholi, makkajo’xori, sizal, tariq, shakarqamish, paxta, ba- tat ekiladi. Qoramol, cho’chqa, echki, qo’y boqiladi, baliq ovlanadi. O’rmon boyli- klaridan etarli foydalanilmaydi. Eks- port uchun qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Moy olish uchun yovvoyi palma mevasi teriladi. Umuman, q.x. ichki ehtiyojni qondirmaydi. K.da 16 ming km ichki suv yo’li, 5,4 ming km t. y., 154 ming km Avto- mobil yo’li bor. Dengiz portlari: Ma- tadi va boma. Kinshasa va Lubumbashida xalqaro aeroport bor. Mineral xom ashyo eksport mollari- ning 80% ini tashqil etadi. Chetga mis, kobalt, rux, qalay, oltin, olmos, palma moyi va yong’og’i, kofe, choy, kauchuk, yog’och chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, me- Tall buyumlar, dori-darmon, transport vositalari, oziq-ovqat, gazlama, yoqilg’i keltiradi. K., asosan, Belgiya, Lyuksem- burg, AQSh, Italiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya b-n savdo qiladi. Pul birligi — K. franki. Tibbiy xizmati. K.da yuqumli kasal- liklar keng tarqalgan. 1990-y.larning boshlarida 4324 shifoxona, shu jum- ladan, 402 umumiy kasalxona, 300 dan ortiq tug’ruqxona, 500 dan ko’proq dis- panser, 12 tibbiyot markazi, 19 klinika, 5 sil va 3 ruhiy bemorlar kasalxonasi, 28 leprozoriy (moxovxona) bo’lgan. Ular- da 2143 vrach, 20 ming tibbiy hamshira va doya ishladi. Vrachlar Kinshasa, Lubumba- shi, Kisangani un-tlarida, o’rta tibbiy xodimlar Kinshasadagi tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 1968 y.dan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun boshlang’ich va o’rta ta’limning 1-pog’onasi bepul. Darslar frantsuz tilida; boshlang’ich maktabda mahalliy tillardan foydalaniladi. Boshlang’ich maktab — 6 y.lik, o’rta MAK- Tab — 6 y.lik. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. K.da 19 davlat, 70 xususiy texnikum, 14 ped. bilim yurti bo’lib, ularda o’qish muddati — 3-4 y. Oliy o’quv yurtlari: Kinshasa un-ti (1954), Kisangani un-ti (1963), Lubumbashi un-ti (1955), nafis san’at akademiyasi, Yangambidagi Agro- nomiya fanlari in-ti va Kinshasadagi ped. in-ti, shuningdek, ayrim texnikum- larning 5 y. o’qitiladigan ba’zi f-tlari ham oliy ma’lumot beradi. Ilmiy muas- sasalari: Kinshasada — Markaziy Af- Rika ilmiy tadqiqot in-ti (1975), tro- pik tibbiyot in-ti (1899), Kongo geogr. in-ti (1949), atom energiyasi Markaziy komissarligi (1959), geol. Tadqiqotlari byurosi, Lubumbashida K. tarix jamiya- ti (1974) bor. Kutubxonalari: Kinshasa milliy un-tining Markaziy kutubxonasi (1954), Lumumbashi un-tining kutubxo- nasi (1955), Kisangani un-tining kutub- xonasi, Kinshasadagi xalq kutubxonasi (1932), Kinshasadagi arxiv (1949). Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da 50 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: “Boyoma” (kundalik gaz.), “Mjumbe” (kundalik gaz., 1963 y.dan), “Potanse” (“Imkoniyat”, frantsuz tilidagi kunda- lik gaz., 1982 y.dan), “elima” (frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1928 y.dan) va b. K. matbuot agentligi hukumat axborot Mahkamasi bo’lib, 1957 y. tashqil etil- gan. Radio va televidenie hukumatga ka- rashli. Yirik shaharlarda 9 radiost-ya va poytaxtda telest-ya bor. Adabiyoti frantsuz tilida va mahalliy luba, Lingala, kikongo va b. tillarda rivojlanib borayotir. K. xalqi qad. va boy folklor an’analariga ega. Xalq og’zaki ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish 19-a. oxiridan bosh- landi. Belgiyalik da’vatkorlar xri- stian dinini targ’ib qilish maqsadida mahalliy tillarda gaz. va maktablar uchun darsliklar nashr etdi. Bu milliy adabiyotning shakllanishiga yordam berdi. Yosh K. adabiyoti, asosan, mustamlakachi- lar va cherkov nazorati ostida rivojlan- Di. Ayrim yozuvchilargina milliy musta- killik uchun kurashga chorlovchi asarlar yarata oldi (P. Kabongo she’rlari va A. R. Bolambaning “qora ayolning evolyusi- yasi masalasi” asarlari va b.). 1920-50 y.lar K. adabiyotida diniy she’riyat katta o’rin tutdi. Bu adabiyotning ayrim vakil- lari (A. Isambu, O. Ngongo) mustamlaka- chilikni fosh etuvchi asarlar ezdi. Mam- lakat mustaqilligi e’lon qilinishi arafasida P. Lumumba va b.ning haqiqiy milliy ozodlik uchun kurashga chorlovchi siyosiy mavzudagi she’rlari bosildi. Nasrda folklor va axloqiy-diniy mavzudagi hikoyanavislik salmoqli o’rin tutadi. “Bobolarimiz”, “sokin jang”, “Muhabbat g’alabasi” (D. Mutombo), “Oq odam kelgach…”(A.R. Bokvango), “Kun- da Kalumbi — Afrika qizi” (F. Edm) qissalari, “negrlar hayoti sahnalari” hikoyalar to’plami K. adabiyotining Yi- rik namunalaridir. Keyingi yillarda dramaturgiya rivoj topdi. A.Monjita, Bondekve, J. Dizazi pesalari Shuhrat qozondi. Ngal Mbvil a Mpangning “Jambatist Viko” va “adashish” ro- manlari afrikalik ziyolilarning xalq b-n o’zaro munosabatlari muammosi- ga bag’ishlangan. Tiunamo-Vumbaning hikoyalari, Batukezanga Zamenganing qissalarida ijtimoiy muammolar ko’tarilgan. Me’morligi va tasviriy san’a- ti. Shaba viloyati va b. joylarda tog’ qoyalariga o’yib ishlangan rasmlarda odamlar, jonivorlar va o’simliklar tas- virlangan, ular neolit davriga mansub deb taxmin qilinadi. Ko’pgina Afrika mamlakatlaridagidek K.da ham uylar chetan devorli, ba’zan loydan kvadrat yoki aylana qilib solingan va usti po- xol, pichan, shox-shabba b-n yopilgan. Daryo bo’ylarida yashovchi baliqchilarning uyla- ri qoziqlar ustiga qurilgan. 19-a. oxi- ri va 20-a. boshlaridan Kinshasa, boma, Mbandaka, Likasi, Kisongaki, Lubumba- shi va b. shaharlarda ko’p qavatli uylar tropik iqlimga moslab qurildi. Keyin- gi yillarda metall konstruktsiyalardan va b. yangi qurilish materiallaridan foydalanila boshladi. Shahar chekkala- riga bir xil ko’rinishdagi baraksimon uylar qalashtirib tashlangan. Xalq san’atida yog’och haykalchalar ishlash keng rasm bo’lgan. Naqshli yog’och niqoblar ishlashga ahamiyat beriladi. Bu niqoblarda xilma-xil kayfiyat (iz- tirob, g’azab, quvonch va b.) ifodalana- Di. Mustamlaka tuzumi yillarida K. haykaltaroshligida evropalik ustalarga taqlid avj oldi. 1940-y.larning oxi- riga kelib dastgoh rassomligi vujudga keldi: A. Montita manzara, A. Kiabelua portret asarlari yaratdi. Bir guruh ras- somlar rangdor bezak kompozisiyalari ustida ish olib bordi. Kinshasada me’- morlik in-ti va plastik san’ati in-ti ishlaydi. Yog’och va sopol idishlar tayyor- lash, palma tolasidan rangdor mato, savat, bo’yra to’qish taraqqiy etgan. Odam qiyofasidagi cholg’u asbobla- ri, o’ymakorlik uslubidagi mebel, o’q yoy va turli asboblar yasash avj ol- gan. Hunarmandchilik rivojlangan. Haykaltaroshlik va rassomlik o’ziga xos tarzda endigina rivojlana boshladi. Musiqasi. K. hududida Baluba, bu- Shong, Kongo, lunda va b. davlatlar tashqil topishidan avval bakongo, mon- go, balengola, lokele, Bangala, bateke, Baluba va b. xalqlarning professio- nal musiqa madaniyati shakllanib, ri- vojlana boshlagan. Musiqa an’anala- ri naqadar xilma-xil bo’lmasin, bantu va pigmeylarning musiqiy madaniyati alohida ajralib turadi. Xalq bay- ramlarida qatnashgan baxshi shoirlar yo’lboshchilarning qahramonligi va do- noligini madh etgan. K. orkestri ngoma, ikonko, toku, lo- KUKA nog’oralaridan, lira, Arfa, tsitra, truba, fleyta, burgu va b. cholg’ulardan iborat. Nog’oradan turli xabarlar be- rishda foydalaniladi, shuningdek, u qo’shiqchi va raqqosalarga jo’r bo’ladi. “Nog’ora tili”ga yoshlikdan o’rgatiladi. Milliy kuylarni gitara, saksofon va b. Evropa asboblari jo’rligida ijro etgan professional orkestrlar K.da gitara US- lubi deb nom olgan. Mehnat jarayonlari (baliq ovlash, eshkak eshish, dehqonchilik ishlari) paytida qo’shiq aytish va raqs tushish odat bo’lgan. Mashhur xonanda- lari: Lvambo Makiadi, tabu Ley, Abeti Masikinl, Mpongo Lav va b. 1968 y. Kin- shasada Milliy musiqa va teatr san’ati akademiyasi tashqil topgan. Professio- nal kadrlar Milliy san’at in-tida tay-yorlanadi. Teatr san’ati xalq udumlari va bay- ramlari asosida qadimdan rivojla- nib kelgan. 2-jahon urushidan keyin Evropa madaniyati ta’sirida dastlab havaskorlar to’garagi, so’ng dramatur- giya vujudga keldi. Rassom va dramaturg A. Monjita Leopoldvilda K. fol- klori ligasi truppasi — “Lifoko”ni tuzdi. Truppa 1960 y. o’rtalarigacha sah- nalashtirilgan ertaqlar va turmush Syu- jetlari asosida tomosha ko’rsatgan. Mustaqillik yillarida havaskorlar teatrlari yanada rivojlandi. Ular reper- tuaridagi “Ngongo Lyutete” (D.Bolamba), “Uganda zahmatkashlari” (M.Andren), “Ngombe” (A.Monjita) va b. pesalarda tarixiy, tarbiyaviy va diniy mavzudagi voqealar aks etgan. Yangi tashqil etilgan “o’n ikkilar teatri”da qo’yilgan “optimist”, “say- lov siri” va b. pesalarda ijtimoiy ziddiyatlar, o’tmish sarqitlari tanqid qilingan. 1969 y. Kinshasada milliy teatr truppasi tuzildi. Bu truppaning “Ohular otilmasin”, “qora Masih yoki Simon Kimbangu” spektakllarida atrof muhitni muhofaza qilish muammolari ko’tarilgan, mustamlakachilik asoslari fosh etilgan. Bu truppa professional teatr — Milliy teatr kompaniyasiga aylantirildi, uning huzurida 2 trup- Pa: milliy balet va drama truppalari mavjud. Ularning ishlarida Afrika- ga xos koloritni saqlash b-n birga zo’r ifodali ijroga alohida e’tibor be- riladi. B.B.Dadening “Janob Tog’o- Nini”, G.Oyono-Mbianing “yana bir ogohlantirish” pesalari, Moler va Gogol asarlari bunga misol bo’la oladi. K.da milliy kinematografiya endigi- na rivojlana boshladi.