Kongo, Zair

Kongo, Zair — Ekvatorial Afri- kadagi Daryo. O’z. 4320 km, havzasining mayd. 3691 ming km2, yillik suv sar- Fi 1450 km3. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-o’rinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Ka- tanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: o’ngdan Lufira, Luvua, Aukuga, aruvi- mi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika ko’llari b-n, Ro’zizi daryosi orqali Kivu ko’li b-n tutashgan. K.ning Lualaba qismi yassitog’lik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinsha- sa sh.gacha (1700 km) tekislikdan oqadi. Kinshasa b-n Matadi sh.lari orasida 70 ga yaqin Ostona va sharsharalar (Living- ston ostonalari) hosil qilgan. Matadi- dan o’tgach, dengiz bo’yi pasttekisligida oqadi (bu erda Daryo o’zanining kengligi 1-2 km, chuqurligi farvaterida 25— 30 m). Estuariysining kengligi o’rta qismida 19 km. K., asosan, yomg’ir suvla- ridan to’yinadi. Quyi oqimida yillik o’rtacha suv sarfi 46 ming m’/sek. (MAK- simal 75 ming m’/sek., minimal 23 ming m3/sek.). Quyi va o’rta oqimida may— iyunda va noyab.— dek.da, yuqori oqimida noyab.— dek.da suvi ko’payadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. K. va uning irmoqlaridagi suv yo’llarining o’z. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. K. va uning irmoqlarida baliqning ko’plab turi yashaydi. K. havzasida yirik Daryo va ko’l portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, boma va Banana joylashgan. K.ning kuyilish erini 1482 y.da portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lu- Alabani 1771 y.da D. Livingston, K.ning ko’p qismini 1876-77 y.larda g. Stenli tadqiq qilgan.