KONIBODOM
KONIBODOM — Tojikiston Respublikasi Sug’d viloyatidagi shahar. Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida. Katta Farg’ona kanali bo’yida. Konibodom temir yo’l stansiyasidan 6 kilometr. Aholisi 38,8 ming kishi (1990-yillar). Konibodom 1463 yildan Kandi Bodom deb tilga olinadi. Ba’zi adabiyotlarga ko’ra, Konibodom 9-10-asrlardan ma’lum. Qishloq xo’jaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, to’qimachilik, tikuvchilik), oziq- ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimgi markazi. Teatr, tarix-o’lkashunoslik muzeyi mavjud. 16-17-asrlarga mansub 2 madrasa, an’anaviy o’ymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.