KONKLAV
KONKLAV (lot. conclave – berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinalar yig’ini (1274-yildan), shuningdek, yig’in o’tkaziladigan bino. Yig’in tashqi dunyodan butkul ajratib qo’yilgan binoda o’tadi. Konklav o’tkazish tartibi 13 asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juz’iy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qo’shimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.