Konkret musiqa
Konkret musiqa – tabiiy va sun’iy tovush-sadolarni yozib olish hamda ularni qayta ishlov natijasi- da hosil bo’ladigan musiqa asarlari, musiqiy avangardizm oqimlaridan biri. Zamonaviy texnik vositalar (magni- tofon, miksher pulti, mini-disk yozuv moslamalari va b.) yordamida birlamchi mahsulot (ovoz)larni o’zgartirish, ara- lashtirish orqali yaratiladi. K.m.da, asosan, tabiatdagi turli tovushlar hamda hayotiy shovqinlardan, shuningdek, inson ovozi, cholg’u sadolaridan foyda- laniladi. K.m. 20-a.ning 2-yarmidan ri- voj topgan (ixtirochisi frantsuz akustik muhandisi P. Shef-Fer: “turniket”, “Temir yo’l etyudi” asarlari, 1948 va b.); targ’ibotchilari: kompozitorlar P. Bu- lez, P. Anri. O. Messian, Ya. Ksenakis, A. Jolive va b. Hozirda aksariyat K.m. namunalari kinofilm, multfilm, spektakllarga mo’ljallangan “musiqali fon” vazifasini bajaradi.