KONRAD YUZASI
KONRAD YUZASI (avstriyalik Geofizik V. Konrad (1876-1962) nomidan) — Yer po’stining “granit” va “bazalt” qatlamlarini ajratib turuvchi shartli chegara. Seysmik to’lqinlar o’tish tezligining o’sib borishi bilan aniqlanadi. So’nggi tadqiqotlarda ushbu chegaraning aniq emasligi (ba’zan esa umuman yo’qligi) ma’lum bo’ldi.