KONSENSUS
KONSENSUS (lot. consensus – yakdillik, kelishuv) — hamfikrlilik, yakdillik, birlik, til biriktirish. Xalqaro shartnomalar tuzishda parlament yoki kengashlarda tegishli qaror qabul qilish; bunda rasman e’tiroz bildirilmasa, ishtirokchilarning umumiy roziligi asosida rasmiy ravishda ovoz berilmaydi. Konsensus usuli, shuningdek, BMT organlarida tan olingan bo’lib, shu tashkilot doirasida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qo’llaniladi.