KONSERN
KONSERN (ingl. concern) – ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiya. Ular asta-sekin sanoat monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi. Konsernlar bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lib, odatda, rasmiy mustaqilligini saqlab qoladigan, yagona idora etish markazidan boshqarilib turadigan bir guruh korxonalar birlashmasi. Bir konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo korxonalari va bank uyushgan bo’lishi mumkin. Konsern tarkibidagi korxonalar ko’p sohalarda faoliyatlarini o’zaro muvofiqlashtirgan holda hamkorlikda tashkil etadilar.