KONSERVATORLAR PARTIYASI

KONSERVATORLAR PARTIYASI -Buyuk Britaniyadagi asosiy siyosiy partiyalardan biri (rasmiy nomi — konservativ va yunionistik tashkilotlarning milliy Ittifoqi). 1867 yilda torilar partiyasi negizida tashqil topgan. 2-jahon urushidan keyin 1951— 64, 1970-74, 1979-98 yillarda hokimiyatni boshqargan. 750 ming a’zosi bor (1997). Partiya yetakchisi Ian Dunkan Smit.