KONSONANT YOZUV

KONSONANT YOZUV (lotincha Consonans — undosh tovush) —yozuv turi. Bunda so’zning faqat undosh tovushlarigina ifodalanadi. Unli tovushlar esa o’qish jarayonida matn mazmuniga qarab tiklab talaffuz etiladi (masalan, Uygur yozuvi, Arab yozuvi). Unlilarni ma’lum tarzda ifodalaydigan yarim Konsonant yozuvlar ko’proq uchraydi.