KONSOY POLIMETALL KONI
KONSOY POLIMETALL KONI -Tojikistonning Sug’d viloyatidagi G’arbiy Qoramozor tizmasining Okurde- von tog’ida joylashgan kon. Xo’jand t.y. stantsiyasidan 49 km shim.-sharkda. K.p.k. mashhur Konsoy skarnli polimetall rudali maydonidagi konlar turkumiga kiradi. Korolyovo, Konsoy, Qizilqum, Darboza, Okurdevon, Shevchukov va b. po- limetall konlaridan iborat. 1925 y.dan muntazam geologik qidiruv tadqiqot ishlari boshlandi. 1933 y.dan boshlab K.p.k.dan ruda qazib olinmokda. K.p.k. va granitoid intruziv massiv b-n karbo- nat qatlamlari orasida vujudga kelgan skarn hosil bo’lish jarayonlari bevosi- ta bog’liqdir. Rudalarning (skarnli ga- lenit-sfalerit pirit tarkibi) asosiy qismi ohaktoshlar orasida tashqil top- gan. Yuqori paleozoy davrida yuz bergan tektonik harakatlar tufayli K.p.k.da bir necha (Okurdevon, darboza) darzli- klari paydo bo’lgan. Kondagi rudalar shu darzliklar va ularning shim.-Sharqiy hamda shim.-g’arbiy tarmoqlarida 600 m chuqurliqda joylashgan. Rudalar tar- kibiga ko’ra, skarn-magnetitli, kumush- oltinli va skarn-galenit-sfaleritli turlarga bo’linadi. Shu paytgacha faqat oxirgi turdagi rudalar qazib olinmok- da. Ular Konsoy polimetall k-tiga qayta ishlash uchun jo’natiladi.




