Konstantinopol, Vizantii

Konstantinopol, Vizantii — Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324— 330 y.larda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga “kon- stantinopol” — “Konstantin shahri” deb nom qo’yilgan. 330 y.da Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa K.ga ko’chiradi. Davlat muassasalari va Senat- ning Rimdan ko’chirib kelinishi K.ning rivojlanishiga olib keldi. Yirik sav- do yo’llarining kesishgan joyida joy- lashgan shahar, Sharq va G’arb o’rtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bog’lovchi markazga aylandi. 4-salib yuri- shi davri (1202-04)da salibchilar tomo- nidan talandi. 1204-61 y.larda Lotin imperiyasi poytaxti. 1261 y. Vizanti- yaliklar genuyaliklar b-n ittifok, tu- zib, shaharni qaytarib oldilar. 1453 y. 29 mayda uni Usmonli turklar egallab, nomini Istambul deb o’zgartirganlar. K. keyinchalik, Istanbul nomi b-n 1923 y.gacha Turkiya poytaxti bo’lgan.