Konstantsa

Konstantsa — Ruminiyaning Jan.-Sharqiy qismidagi shahar, Konstan- tsa judesining ma’muriy markazi. Atro- fidagi kurort r-nlar b-n birga alohida ma’muriy birlik sifatida ajratilgan. Mamlakatning qora dengiz sohilidagi muhim porti (yuk ortib-tushirish yiliga 15 mln. t). T. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 342,2 ming kishi (1998). Mashinasozlik, xususan, kemasozlik — etakchi sanoat tarmog’i. K. — jun sa- noatining yirik markazlaridan. Oziq- ovqat, tikuvchilik, qurilish material- lari, tsellyuloza-qog’oz, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlash bazasi. Arxeologiya va badiiy muzeylar, teatr bor. Xalqaro ahamiyatdagi kurort shahar. K. o’rnida mil. AV. 6-a.gacha yunonlar polney bo’lgan, 1878 y.dan Ruminiya tarkibida. Me’mo- riy yodgorliklardan antik davrga xos turar joy, bazilika qoldiqdari (5-6-a. lar), masjidlar saqlangan.