KONSTRUKTIV MUXOLIF YETAKCHI

KONSTRUKTIV MUXOLIF YETAKCHI — muxolif-yetakchilarning hokimiyat munosabatiga ko’ra ikki turidan biri. Yetakchi hokimiyatga tomon qonuniy harakat qiladi, hukmron yetakchini tanqid qiladi, omma ichida bo’ladi. O’z obrusi va imkoniyatlarnini oshirib boradi va keyingi saylovlarda g’alaba qozonishi uchun zamin tayyorlaydi. Bunday yetakchining hokimiyat tepasiga kelishi qonuniy tarzda amalga oshib, mamlakat hayotida tub o’zgarishlarga olib kelmaydi, hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.