KONSULLIK

KONSULLIK (konsullik vakolatxonasi) — ikki davlat orasida aloqalar o’rnatilishi natijasi o’laroq tashkil etiladigan vakolatxona. Konsullikning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga ko’ra belgilanadi. Konsullikning maqomi, odatda, diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. Konsullikning joylashgan o’rni, ba’zi hollarda esa, uning xodimlari soni, Konsullik o’z faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari bilan kelishiladi.