KONSULLIK IMMUNITET

KONSULLIK IMMUNITET -konsullik muassasasiga, shu muassasa xodimlari va ularning oila a’zolariga beriladigan imtiyozli va afzalliklar. O’zbekiston Respublikasi konsullik ustaviga binoan, mazkur shaxslar konsullik munosabatlari to’g’risidagi 1963 yilgi Vena Konventsiyasida, O’zbekiston Respublikasi bilan konsulxona joylashgan davlat o’rtasidagi shartnomalarda, shuningdek, xalqaro huquqning umumiy me’yorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi (77-modda).