Konsulxona
Konsulxona-o’zga davlat hududida davlatning tashqi aloqalarini olib boradigan tashkilot. Konsulxona shu davlatning ruxsati bilan ta’sis etiladi. Konsulxona ish faoliyatini tashkil qiluvchi shaxs konsul deyiladi. Konsul xizmat ko’rsatadigan hudud va konsul turadigan joy har ikki davlat tomonidan kelishilgan holda belgilanadi. Konsul huquqi o’z davlatining bayrog’i va gerbidan foydalanish huquqini; konsul binosi; konsullik arxivlarining daxlsizligini; soliqlardan ozod bo’lishni; o’z hukumati, diplomatik vakolatxonasi bilan; o’z davlatining boshqa konsullari bilan, ular qayerda joylashganliklaridan qat’i nazar, erkin aloqa qilib turishni; ayni vaqtda shifrlar, diplomatik va konsullar kuryerlaridan foydalanishni o’z ichiga olgan.