Kontinental iqlim

Kontinental iqlim – katta kurukliklarning atmosferaga ta’siri ostida shakllanadigan iqlim. Bunda yil- lik va sutkalik t-ra amplitudalari kat- ta bo’ladi, havo kechasi salqin, kundo’zi issiq keladi, yog’ingarchilik kam bo’lib, u yildan bu yilga o’zgarib turadi. K.i. dengiz iqlimining aksidir. O’zbekiston okean va ochiq dengizlardan minglab km uzoqda, eng katta Evrosiyo materigining markazida bo’lganidan tipik Kontinen- tal iqlimli o’lkadir. O’zbekiston va butun O’rta Osiyo iqlimining asosiy xususiyatlari shundaki, bu erlarda yoz issiq va seroftob, qish shu kengliklar uchun ancha sovuq, sutka va yil davomida t-ra keskin o’zgarib turadi, yog’in kam va havo quruq bo’ladi. Yanvar b-n iyulning o’rtacha t-ralari orasidagi farq tosh- kentda 27,6°, Qarshida 29°, Nukusda 33°. Holbuki, Londonda bu farq 12° ga teng. Absolyut amplituda, ya’ni qachonlardir bo’lib o’tgan eng sovuq t-ra b-n eng issiq t-ra orasidagi farq Toshkentda 73°, Qarshida 76°, Nukusda 78,8°. O’rtacha sut- Kalik amplituda O’rta Osiyoda 15-20°. Ayrim yil va kunlarda t-ra amplituda- lari bu raqamlardan ancha katta bo’lishi mumkin. Ba’zan tog’orasidagi vodiylar- da sutkalik amplituda 30-35° ga etadi. O’rta Osiyo b-n bir xil kengliklarda joylashgan K.i.li bo’lmagan hamma er- larda yiliga 400-600 mm yog’in yog’adi, holbuki o’lkamiz tekisliklarida iqlim kontinentalligi tufayli atigi 100— 200 mm yog’in yog’adi.