KONTRAKTASIYA SHARTNOMASI
KONTRAKTASIYA SHARTNOMASI -q.x. sohasidagi oldi-sotdi shar- tnomasi turlaridan biri. Unga ko’ra, q.x. mahsulotini etishtiruvchi shaxs o’z mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun xarid qiladigan tayyorlovchiga shartla-shilgan muddatda topshirish, tay- yorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish, haqini shartlashilgan muddatda muayyan- bahoda to’lash majburiyatini oladi. K.sh. paxta, g’alla, jun, pilla, meva-sabzavot va shu kabi q.x. mahsulotlari yuzasidan tuziladi. Bozor munosabatlari tizimida K.sh. agrar sohada iqtisodiyotni rivoj- lantiruvchi eng qulay yuridik vositadir. Uning an’anaviy oldi-sotdi shartnoma- sidan farqi shundaki, K.sh.da xaridor va sotuvchi o’rtasida uzoq muddatli shar- tnomaviy aloqalar mavjud bo’ladi, bu mavsumiylik b-n bog’liq q.x.da mahsulot ishlab chiqaruvchini o’z mahsuloti xari- dori b-n o’zaro hamkorlikda bo’lishini taqazo etadi. Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qati na- zar q.x. mahsulotlarini xarid qiluvchi tashqilot, korxonalar (tayyorlov, savdo, qayta ishlovchi va b.) bilan-q.x. korxo- nalari, shu jumladan, shirkat, fermer (dehqon) xo’jaliklari mazkur shartnoma ishtirokchilari hisoblanadi. Agar q.x. mahsuloti davlat ehtiyoji uchun xarid qilinsa, u holda q.x. korxonasi, tayyor- lovchi va ularga xizmat qiluvchi banklar shartnoma sub’ektlari bo’ladi. Shartno- mada quyidagilar ko’rsatiladi: mahsulot nomi, assortimenti, miqdori (mahsulot turlari bo’yicha), sifati, narxi, shar- tnomaning umumiy summasi, etkazib be- rish tartibi va shartlari, mahsulotni topshirish, qabul qilish punktlari va davrlari (muddatlari), hisob-kitoblar tartibi, shartnoma shartlarini buzgan- lik uchun javobgarlik va h.k. Shartnoma 1-5 y.gacha muddatga tuziladi. U q.x. korxonasi joylashgan joyda, 3 nusxada tuziladi va imzolanadi. K.sh.ni tuzish, ijro etish va taraflarning javobgarli- gi bo’yicha munosabatlar O’zR fuqarolik kodeksining 465-467-moddalari, O’zR Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 29 avg. da 438-sonli qarori b-n tasdiqlangan “Q.x. mahsulotlari kontraktasiya shar- tnomalarini tuzish va bajarish tartibi to’g’risida Nizom” b-n tartibga solinadi. Ad.: Abdusalomov M. A., Otaxonov F., Kontraktasiya shartnomasi, T., 1997. Omon Oqyuyaov.


