KONTSENTRASION LAGER, konslager
KONTSENTRASION LAGER, konslager — davlat, siyosiy rejim va b.ning haqiqiy yoki gumon qilingan dush- manlarini majburiy ajratib qo’yish uchun mo’ljallangan lager. K.l. oddiy qamoqxonalar, harbiy asirlar uchun va qochoqlar lagerlaridan farkli ravish- da, urush, keskinlashgan siyosiy kurash davrida maxsus dekret asosida tuzil- gan. Dastlabki K.l.lar Kubadagi ozod- lik qo’zg’olonlari boshlarida (1895) ispanlar tomonidan; ingliz—burlar urushi (1899-1902) vaqtida inglizlar tomonidan, Rossiyada XKSning “qizil terror haqida” qarori (1918 y. sent.) asosida tashqil qilingan. Totalitar re- jim sharoitida maxsus maqsad va omma- viy qatag’on vaqtida lagerlarning nomi o’zgartirilgan (q. GULAG). FA-shistlar Germaniyasida K.l. — ommaviy davlat terrori va genosid quroli bo’lib, u bo- sib olgan mamlakatlarda tarqalgan. Git- lerchi fashistlar shu mamlakatlarning millionlab tinch aholisini, harbiy asirlarni, nemis vatanparvarlarini K.l.da qiynab o’ldirishgan. Buxenvald, Zaksenxao’zen, Osventsim, Maydanek, Treblinka va b. K.l.larda I mln.dan ortiq sobiq SSSR, Polsha, Frantsiya, Belgiya, Niderlan- diya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Ruminiya, Vengriya va b. mamlakatlarning aholisi yo’q qilingan.