KONTSERTINO
KONTSERTINO (ital. concertino — kichik kontsert) — 1) yakkanavoz cholg’uchi va orkestrga mo’ljallangan musiqa asa- ri; kontsertga nisbatan shaklan kichik, ba’zan simfonik orkestr o’rniga kamer orkestr ishlatiladi (mas, B.Gienkoning fortepiano va kamer orkestr uchun “mas- xarabozlar” asari); 2) dam-li-klavishli musiqa cholg’usi, tayyor akkordlarsiz xro- matik tovushqatorli, 6 yoki 8 qirrali garmon; kontsertina deb ham ataladi. 19-a.ning 1-yarmida ingliz fizik olimi Ch. Uitston kashf etgan. Pikollodan – kontrabasgacha 6 turi mavjud. Yakka tarz- da va ansambl tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va b. Evropa mamlakat- larida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hamda xalq qo’shiq va kuylari ijro etiladi.