Konveyer
Konveyer (ing. conveyer — tashuv- chi), transportyor — to’kma, donali, bo’lak- bo’lak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, ba’zan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasi- ga ko’ra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operasiyalarni o’zaro bog’laydigan) xillarga bo’linadi. Tortish organi bo’lgan va tortish organi bo’lmagan turlari bor. Elektrik yuritma b-n harakatlanadigan mexaniq K. keng tarqalgan. Bunday K.larning tortish or- ganlari lenta, zanjir va kanatdan iborat bo’lib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga ko’ra, dasturli boshqariladigan lentali, ko’raqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va b. tur- larga; tortish organi bo’lmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, te- branma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yig’uvchi) va b. turlarga bo’linadi. Lentali K. b-n, asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga biriktiri- ladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, ko’rakchali, ksvshli va aravachali bo’ladi. Plastinka- li K. lar, asosan, bo’lak-bo’lak materi- allarga mo’ljallangan bo’lib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, may- da ko’mir va rudalarni surish uchun ish- latiladi. Kovshli va aravachali K.lar ay- Rim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, to’kma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bug’doy, un, Tse- ment, shag’al, qum, mayda ko’mir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli K.lar qo’llaniladi. To’p qilib yig’ilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitasion) K. dan foydalaniladi. Bunday K.larda yuk o’z og’irligi b-n pastga to’shadi. I n e r ts i o n K. to’kma kjni gorizontal va qiya yo’nalishda qisqa masofaga tashish uchun mo’ljallanadi. Bunday K. da yuk inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi. Bo’lardan tashqari, yuklar suyuqliklar b-n birga nasoslar yordamida quvur yoki novlar- da harakatlanadigan gidravlik, yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar yordami- da hosil qilinadigan bosimlar farqi hisobiga quvurlarda harakatlanadigan pnevmatik K.lar bor. Maxsus ishlarga mo’ljallangan K.lar elevator va eskala- tor deb ataladi.